Skip to main content
Other

ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY ASOSLARI

Inamov A'zamjon Axmad o'g'liMuallif: Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti magistrantiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
Open MINDrepository2026
ABI

Abstract

Mazkur maqolada erkin iqtisodiy hududlarning (EIH) zamonaviy iqtisodiyotdagi roli, ularning milliy iqtisodiyot va hududiy rivojlanishdagi strategik ahamiyati tahliliy yondashuv asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda EIHlarni rivojlantirishga ta’sir etuvchi tashkiliy va iqtisodiy omillar tizimli model sifatida yoritilgan bo‘lib, u boshqaruv tizimining samaradorligi, institutsional barqarorlik, iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmlari va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi. Maqolada EIHlarning hududiy barqaror rivojlanishdagi ahamiyati tahlil qilinib, ularning milliy iqtisodiyot bilan integratsiyasi, investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish va ish o‘rinlari yaratishdagi roli batafsil yoritilgan. Shuningdek, ayrim EIHlarda boshqaruvning yetarli darajada muvofiqlashtirilmagani, monitoring va baholash mexanizmlarining sustligi hamda resurslardan samarasiz foydalanish kabi muammolar tahlil qilingan. Maqolada kelgusida erkin iqtisodiy hududlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ham keltirilgan. Ular orasida raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish, monitoring va baholash mexanizmlarini kuchaytirish, innovatsion va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega loyihalarga ustuvorlik berish hamda mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish kabi chora-tadbirlar alohida ahamiyatga ega. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, erkin iqtisodiy hududlar nafaqat milliy iqtisodiyotning rivojlanish mexanizmi, balki global iqtisodiy raqobat sharoitida mamlakatning jozibadorligini oshiruvchi strategik institut sifatida faoliyat yuritadi. Shu bilan birga, EIHlarning uzoq muddatli barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun institutsional barqarorlik, boshqaruvning moslashuvchanligi va maqsadli iqtisodiy rag‘batlar tizimli tarzda uyg‘unlashtirilishi zarur.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references