Skip to main content
Other

"BOMBYX MORI" BIOPOLIMERINI TO'QIMACHILIK MATERIALLARINI BO'YASH JARAYONLARIDA QO'LLASH IMKONIYATLARI O'RGANISH

Rasulova Kumush MirzaaxmatovnaTashkent institute of textile and light industryMahmudova Marjona Xusnidin qiziTashkent institute of textile and light industryNabiyeva Iroda АbdusamatovnaTashkent institute of textile and light industryWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
Open MINDrepository2026
ABI

Abstract

Mazkur ilmiy ishda paxta tolali mato namunalarini faol bo'yovchi moddalar bilan bo'yash jarayonlarida bo’yashdan oldin tolani modifikatsiyalash maqsadida modifikator sifatida ”Bombyx mori” biopolimerini qo'llash imkoniyatlari o'rganilgan. Natijalarda intensivlik va to'yinganlikning yuqori qiymatlariga ega bo'lgan ranglarni olish mumkinligi aniqlangan. Spektrokolorimetrik va fizik-kimyoviy tahlillar natijasi bo'yicha biopolimer ishtirokida sellyuloza tolali matolarni faol bo'yovchi moddalar bilan bo'yash samaradorligini oshirish imkoniyati ko'rsatilgan. Tadqiqotlar bo'yicha bo'yashdan oldin 2%li biopolimer bilan ishlov berib, rang intensivligini 63%-ga oshirish va bo'yovchi modda sarfini kamaytirish imkoniyati ko'rsatilgan. Fizik-kimyoviy va fizik-mexanik tahlillar asosida tola, bo'yovchi modda va biopolimerning o'zaro molekulalararo va kimyoviy bog'lanishlarni hosil qilishi mumkinligi xulosa qilingan.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references