Skip to main content
Article

ELEKTR ENERGIYANING SIFATI ASINXRON ELEKTR YURITMANING ISH SAMARADORLIGIGA TA’SIRINI TADQIQOTI

ABI

Abstract

Elektr energiyanig sifati asinxron elektr dvigatelini samaradorligiga ta’siri bir nechta kattalikka bog‘liq bo‘ladi. Tarmoqdan olayotgan elektr energiyaning nosimmetriya koeffitsientiga, nosinusoidal kuchlanish, nonormal tebranish (chastota) va tarmoq garmonikalari asinxron elektr dvigatelning ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Asinxron elektr dvigateli nonormal ish vaqtida eng avvalo uning ishlash muddati qisqaradi. Asinxron elektr dvigatellarning tortish momenti kuchlanishga va aylanish tezligi tebranish (chastota)ga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Bu o‘zgarishlar elektr dvigatellar uchun nonormal holat hisoblanadi. Elektr dvigatellarda nonormal holatlar undagi magnit oqimining buzilishiga va chulg‘am harorati ortib, dielektrik laklarni erishiga va fazalararo qisqa tutashuvga olib kelishi mumkin. Asinxron elektr dvigatellarning tezligini o‘zgarishi uning tortish momenti va yuklama tokini ham o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 10 references