JARROHLIKDAN KEYINGI ASORATLARNI KAMAYTIRISH YO'LARI
Abstract
Jarrohlik — zamonaviy tibbiyotning asosiy bo‘limlaridan biri bo‘lib, har yili millionlab operatsiyalar o‘tkaziladi. Biroq jarrohlikdan keyin asoratlar (komplikatsiyalar) hali ham bemorlarning tiklanish jarayoni va hayot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Operatsiyadan keyingi asoratlarning oldini olish va ularni kamaytirish jarayoni butun dunyo bo‘yicha salomatlik tizimining dolzarb masalasi hisoblanadi. Asoratlar turli sistemalarni (nafas, yurak-qon tomir, yara yuzasi, infektsiya va boshqalar) qamrab oladi va bemorlar salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi. Ushbu maqolada jarrohlikdan keyingi asoratlarni kamaytirish strategiyalari, ularning biologik va klinik mexanizmlari, shuningdek, oldini olish usullari akademik tahlil qilinadi.