TASHQI AUDITNING MOHIYATI VA UNING SOLIQ HISOBOTLARINI SHAKLLANTIRISHDAGI O'RNI
Abstract
Bugungi kunda, bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha korxonalar va tashkilotlar o’z bizneslari va faoliyatlarini yanada samarali tashkil etishga urinmoqdalar. Bu jarayonda ular tomonidan tegishli o’rganlar va qo’mitalarga topshiriladigan moliyaviy hisobotlarning xususan soliq hisobotlarining to’gri va ishonchli topshirilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda va ushbu jarayonda tashqi auditorlik tekshiruvlari ro’li muhim omillardan biri hisoblanadi. Soliq hisobotlarining to’g’ri, shaffof va ishonchli holatda topshirilishi nafaqat tashkilotning o’zi uchun balki davlat budjeti uchun ham dolzarz masala hisoblanadi, chunki davlat budjetining asosiy daromad manbai korxona va tashkilotlar tomonidan to’lanadiga soliqlar hisoblanadi. Ushbu maqolada tashqi audit mohiyati va uni soliq hisobotlarini tuzilishidagi o’rni to’g’risida muhim ma’lumotlar joy olgan.