DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini moliyalashtirish amaliyotini takomillashtirish masalalari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda DXSh loyihalarini moliyalashtirishning nazariy asoslari, xalqaro tajribada qo‘llanilayotgan moliyaviy modellari (project finance, concessiya, BOT va boshqalar), risklarni taqsimlash mexanizmlari hamda davlat kafolatlari va qo‘llab-quvvatlash instrumentlarining roli o‘rganilgan. Maqolada O‘zbekiston sharoitida DXSh loyihalarini moliyalashtirish tizimining mavjud muammolari – uzoq muddatli resurslar yetishmasligi, moliyaviy risklarning yuqoriligi, institutsional va huquqiy cheklovlar, investorlar uchun kafolat mexanizmlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi kabi omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, bank kreditlari, obligatsiyalar, suveren va yarim suveren kafolatlar, xalqaro moliya institutlari ishtiroki hamda aralash (blended finance) moliyalashtirish mexanizmlarini kengaytirish zarurati asoslab beriladi. Tadqiqot natijasida DXSh loyihalarini moliyalashtirish samaradorligini oshirish uchun risklarni adolatli taqsimlash, kapital bozorlarini rivojlantirish, loyiha tayyorlash sifatini yaxshilash, moliyaviy shaffoflikni kuchaytirish va davlat tomonidan maqsadli qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi. Mazkur maqola natijalari infratuzilma loyihalarini barqaror moliyalashtirish va xususiy investitsiyalarni jalb qilish jarayonini takomillashtirishda nazariy hamda amaliy ahamiyat kasb etadi.