Skip to main content
Other

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA O'QISH SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA PIRLS TADQIQOTLARI ASOSIDA SAMARALI PEDAGOGIK YONDASHUVLAR

Qalandarova Charos Ravshanbek qiziAjiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Ellikqal'a fakulteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 1-kurs talabasiWordly Knowledge Publishing CentreWordly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limda o‘qish savodxonligini oshirish masalasi PIRLS xalqaro tadqiqotlari mezonlari va natijalari asosida tahlil qilinadi. PIRLSning o‘qish savodxonligini baholashdagi asosiy yo‘nalishlari, ya’ni badiiy tajriba uchun o‘qish va axborotni olish hamda undan foydalanish uchun o‘qish, shuningdek matnni tushunishning to‘rt jarayoni bilan bog‘liq ko‘rsatkichlari pedagogik nuqtai nazardan sharhlanadi. Maqolada o‘qish savodxonligini oshirish uchun boshlang‘ich sinflarda matnlar bilan muvozanatli ishlash, tushunishga yo‘naltirilgan savol-topshiriqlar, strategik o‘qish, izchil formatif baholash, o‘quvchi motivatsiyasini kuchaytirish, oilaviy kitobxonlik muhitini qo‘llab-quvvatlash va maktabdagi o‘qish madaniyatini rivojlantirish kabi yondashuvlar asoslab beriladi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references