PARAZIT QORAMOL SOLITYORI (TAENIA SAGINATA) BIOLOGIK AHAMIYATI, EPIDEMIDEMIOLOGIYASI VA PARAZITGA QARSHI KURASHISHNING KOMPLEKS YONDASHUVI
Abstract
Ushbu ilmiy maqolada parazit qoramol solityori — Taenia saginataning biologik xususiyatlari, hayot sikli va inson organizmiga ta’siri kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ushbu gelmintning epidemiologik tarqalish omillari, kasallikning yuzaga kelish sabablari va xavf guruhlari o‘rganildi. Shuningdek, parazitga qarshi kurashishning zamonaviy va kompleks yondashuvlari, jumladan sanitariya-gigiyena choralarini kuchaytirish, veterinariya nazoratini takomillashtirish hamda profilaktik tadbirlarning samaradorligi ilmiy asosda yoritildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kompleks profilaktika va nazorat choralarini izchil amalga oshirish orqali teniarinxoz kasalligini kamaytirish va uning tarqalishini oldini olish mumkin.