ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONALARDA MATERIALLAR HISOBI VA ULARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI TAHLILI
Abstract
Mazkur maqolada ishlab chiqaruvchi korxonalarda materiallar hisobi, ularning iqtisodiy mohiyati hamda ulardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish masalalari yoritilgan. Material resurslari ishlab chiqarish jarayonining muhim tarkibiy qismi hisoblanib, ularning to‘g‘ri hisobini yuritish korxona xarajatlarini nazorat qilish va mahsulot tannarxini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tezisda materiallar harakatini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi, ularning kirimi va chiqimini rasmiylashtirish jarayoni hamda materiallardan samarali foydalanishni baholash usullari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, materiallar sarfini me’yorlashtirish, ishlab chiqarish jarayonida ularning tejamkorligini ta’minlash va iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.