GEMIFIKATSIYA ORQALI TURLI YOSHDAGI BOLALARNING EHTIYOJLARIGA MOS RAVISHDA TA'LIM BERISH IMKONIYATLARI
Abstract
Mazkur maqolada gemifikatsiya texnologiyasi orqali turli yoshdagi bolalarning individual ehtiyojlariga mos ravishda ta’lim berish imkoniyatlari ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim jarayonining tuzilishi, mazmuni va tashkil etilish xususiyatlari yoritilib, gemifikatsiyaning o‘quvchilarning qiziqishi, motivatsiyasi va faolligini oshirishdagi ahamiyati asoslab beriladi. Shuningdek, o‘yin elementlari asosida tashkil etilgan ta’lim muhitining o‘quvchilarning bilimlarni samarali o‘zlashtirishi, mustaqil fikrlashi va ijodiy yondashuvini rivojlantirishga ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada gemifikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari, ularni ta’lim jarayoniga joriy etish mexanizmlari hamda amaliy tavsiyalar keltiriladi. Tadqiqot natijalari gemifikatsiya asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos, samarali va innovatsion yondashuv ekanligini ko‘rsatadi.