YUQORI JAG' BO'SHLIG'I KISTA QOBIG'INING MORFOLOGIK TEKSHIRISH USULLARI TAHLILI
Abstract
Yuqori jag‘ bo‘shlig‘i kistalari klinik amaliyotda ko‘pincha tasodifiy topilma sifatida aniqlanadi, biroq ularning morfologik tabiati, qobiq tuzilmasi, yallig‘lanish darajasi va epitelial qoplamasi davolash taktikasini tanlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Mazkur maqolada Toshkent davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi LOR bo‘limida davolanib chiqqan 120 nafar bemor operatsion materiali misolida yuqori jag‘ bo‘shlig‘i kista qobig‘ini morfologik baholash usullari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi kista qobig‘ining gistologik va immunomorfologik xususiyatlarini tizimlashtirish, turli tekshirish usullarining diagnostik qiymatini baholash hamda amaliyot uchun maqbul morfologik algoritmni asoslashdan iborat. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, gematoksilin-eozin bilan bo‘yash bazaviy usul bo‘lib qolsa-da, kista qobig‘ining retension tabiatini, epitelial holatini va yallig‘lanish hujayralari tarkibini chuqur baholash uchun PAS-reaksiya hamda maqsadli immunogistokimyoviy markerlardan foydalanish diagnostik aniqlikni oshiradi.