O'ZBEKISTONDAGI URBANIZATSIYA JARAYONLARI, EKOLOGIK, IJTIMOIY MUAMMOLARNING SUV RESURSLARIGA TA'SIRI
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston hududlarida urbanizatsiya jarayonlari natijasida yuzaga keladigan ekologik muvozanat buzilishi, aholi yashash sharoitini optimallashtirish va suv taminoti tizimining barqaror rivojlanishiga ta'sirini ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda shaharlarning demografik o‘sishi, hududiy kengayishi va shahar infratuzilma yuklanmasining kuchayishi mintaqada suvga bo‘lgan ehtiyojning ortishi, yashil zonalarning kamayishi va ekologik muammolarni yuzaga keltirmoqda. Tadqiqot urbanizatsiya jarayonining gidrologik resurslar taqsimoti va ekologik muvozanat hamda jamiyat hayotiga ta'sirini aniqlashni maqsad qiladi. Tadqiqotda statistik ma'lumotlar tahlil qilindi hamda shahar hujjatlari o‘rganildi. Natijada urbanizatsiya suv iste'molining ortishi, ekologik barqarorlik buzilishi va rekreatsion hududlar yetishmovchiligi bilan chambarchas bog‘liqligi aniqlandi