Skip to main content
Other

O'ZBEK XALQ MAQOLLARIDAGI ANTONIMLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI.

Karimova MasturaIlmiy rahbar,Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti Jurnalistika va o'zbek filologiyasi Filologiya va tillarni oʻqitish yoʻnalishi Tilshunoslik fani 4-kurs talabalariAziza AmirqulovaIlmiy rahbar,Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti Jurnalistika va o'zbek filologiyasi Filologiya va tillarni oʻqitish yoʻnalishi Tilshunoslik fani 4-kurs talabalariKamola DoʻstmurodovaIlmiy rahbar,Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti Jurnalistika va o'zbek filologiyasi Filologiya va tillarni oʻqitish yoʻnalishi Tilshunoslik fani 4-kurs talabalariWordly Knowledge Publishing CentreWordly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek xalq maqollarida uchraydigan antonimlarning leksik-semantik xususiyatlari keng qamrovda tahlil qilinadi. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi namunalaridan biri bo‘lgan maqollar xalqning ko‘p asrlik hayotiy tajribasi, dunyoqarashi, axloqiy qarashlari hamda ijtimoiy munosabatlarini o‘zida mujassam etgan muhim til birliklaridan hisoblanadi. Ushbu maqollarda qo‘llaniladigan antonimlar esa fikrni yanada aniq, ta’sirchan va obrazli ifodalashga xizmat qiluvchi muhim leksik vositalardan biridir. Antonimlar orqali qarama-qarshi tushunchalar o‘zaro solishtirilib, muayyan hayotiy haqiqatlar yanada yorqinroq ochib beriladi. Tadqiqot davomida antonimlarning o‘zbek maqollaridagi qo‘llanish xususiyatlari, ularning semantik guruhlari hamda nutqdagi funksional vazifalari misollar asosida yoritiladi. Xususan, sifat, fe’l va ravish turkumlariga oid antonimlarning maqollar tarkibida qanday ishlatilishi, ular orqali qanday ma’no ziddiyatlari yuzaga kelishi tahlil etiladi. Shuningdek, antonimlarning maqol tuzilishidagi o‘rni, ularning parallel konstruktsiyalar hosil qilishdagi roli va mazmunni kuchaytirishdagi ahamiyati alohida e’tibor qaratiladi. Maqollarda “yaxshi – yomon”, “katta – kichik”, “erta – kech”, “do‘st – dushman” kabi qarama-qarshi juftliklar orqali inson hayotiga oid muhim xulosalar chiqarilishi ko‘rsatib beriladi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references