Skip to main content
Other

ASOSIY TASIR ETUVCHI MODDASI PARATSETOMOL BO'LGAN "TEMFULGAN" INFUZION ERITMASINI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI

Yusupova Shaxlo BahodirovnaToshkent farmatsevtika institutiAslonova Mehrigul Adham qiziToshkent farmatsevtika institutiWordly Knowledge Publishing CentreWordly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Ushbu maqolada asosiy ta’sir etuvchi moddasi paratsetamol bo‘lgan “Temfulgan” infuzion eritmasini ishlab chiqarish texnologiyasi, uning farmatsevtik xususiyatlari va klinik ahamiyati tahlil qilinadi. Paratsetamol infuzion shaklda tezkor analgetik va antipiretik ta’sir ko‘rsatib, og‘iz orqali dori qabul qila olmaydigan bemorlar uchun muhim terapevtik vosita hisoblanadi. Tadqiqotda eritmaning tarkibi, pH muvozanati, izotoniklik darajasi, sterilizatsiya bosqichlari hamda ishlab chiqarishning aseptik sharoitlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, paratsetamolning fizik-kimyoviy xususiyatlari, uning suvli eritmadagi barqarorligi va saqlash sharoitlariga bog‘liqligi o‘rganildi. Infuzion eritmalar ishlab chiqarishda GMP standartlariga rioya qilish va sifat nazorati tizimining ahamiyati asoslab berildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, texnologik parametrlarni to‘g‘ri tanlash mahsulotning xavfsizligi va samaradorligini oshiradi. Maqola natijalari mahalliy farmatsevtika sanoatini rivojlantirish va sifatli infuzion dori vositalarini ishlab chiqarishda amaliy ahamiyatga ega.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references