MULKDORLAR SINFINING JAMIYAT TARAQQIYOTIDAGI O'RNI VA ROLI
Abstract
Mazkur maqolada mulkdorlar sinfining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va roli kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda mulkdorlar sinfining iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, bandlikni oshirish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy mulkchilik munosabatlarining rivojlanishi va uning institutsional asoslari ko‘rib chiqiladi. Maqolada mulkdorlar sinfining shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar, jumladan, davlat siyosati, huquqiy muhit va iqtisodiy erkinlik darajasi tahlil qilinadi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida mulkdorlikning yangi shakllari, intellektual mulk va innovatsion biznes modellarining o‘rni ham alohida o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari mulkdorlar sinfi jamiyatning o‘rta qatlamini shakllantirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.