MAHBUB UL QULUB ASARINING TOSHBOSMA VA NASHRLARI
Abstract
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarining toshbosma va zamonaviy nashrlari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda asarning qo‘lyozma an’anasi, litografik nashrlar va ilmiy-tanqidiy matnlar o‘rtasidagi bog‘liqlik yoritiladi. Toshbosma nusxalarning matn shakllanishidagi o‘rni, ularning o‘ziga xos imlo va grafika xususiyatlari hamda muharrirlik aralashuvlari aniqlanadi. Zamonaviy nashrlarning metodologik asoslari, ilmiy apparati va izoh tizimi tahlil qilinib, ularning afzallik va kamchiliklari baholanadi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar yordamida matnlarni o‘rganish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari “Mahbub ul-qulub” asarining ishonchli matnini tiklash va uning nashr tarixini yanada chuqur o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.