Skip to main content
Other

MAISHIY OQOVA SUVLARNI TOZALIK DARAJASINI OSHIRISH UCHUN MINERAL ADSORBENTLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARINI TADQIQ QILISH

Nosirova F.M.ToshDTU, E va AMM kafedrasi 1-bosqich magistranti ,Rahmatullayev K.B.Respublika agrokimyoviy tahlil markazi yetakchi mutaxasisiFozilova H.XToshDTU, E va AMM kafedrasi 1-bosqich magistrantiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Ushbu maqolada maishiy oqova suvlarni tozalash samaradorligini oshirishda mineral adsorbentlardan foydalanish imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tadqiqot obyekti sifatida maishiy oqova suv namunasi olinib, asosiy adsorbent sifatida tabiiy zeolit tanlangan. Laboratoriya sharoitida o‘tkazilgan miqdori, kontakt vaqti, pH muhiti va harorat o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, optimal sharoitlarda (adsorbent miqdori 3–4 g, kontakt vaqti 30–60 minut, pH 6,5–7,5) oqova suv tarkibidagi ifloslantiruvchi moddalar sezilarli darajada kamaydi. Xususan, BPK 60–75% ga, XPK 70–85% ga, ammoniy ionlari esa 70–90% gacha kamaygani aniqlandi. Olingan natijalar mineral adsorbentlar, ayniqsa zeolitning maishiy oqova suvlarni tozalashda yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari asosida arzon va ekologik xavfsiz suv tozalash texnologiyasini ishlab chiqish imkoniyati asoslab berildi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references