Skip to main content
Other

PROKUROR TOMONIDAN JINOYAT ISHINI QO'SHIMCHA TERGOVGA QAYTARISH INSTITUTINING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI, AMALIY MUAMMOLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI

Tursunov Muhammadmo'min Abrorjon o'g'liToshkent davlat yuridik universiteti Moliyaviy-huquqiy monitoring yo'nalishi magistratura talabasi
ABI

Abstract

Ushbu tezisda jinoyat-protsessual huquqining muhim institutlaridan biri — prokuror tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergovga qaytarishning nazariy va huquqiy asoslari tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (JPK) 384-385-moddalari doirasida prokurorning vakolatlari, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar va tergov sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Tezisda ushbu institutning mohiyati, qo‘llash sabablari, amaliy jihatlaridagi kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish uchun tizimli yechimlar ko'rib chiqiladi. Jumladan, "Elektron jinoyat ishi" tizimini joriy etish va baholash mezonlarini isloh qilish orqali tergov organlari faoliyatini yanada samarali qilish masalalari muhokama qilinadi. Tadqiqotda prokuratura faoliyatidagi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari ham ko'rib chiqiladi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references