Skip to main content
Other

TURKISTONDA (OAV)LARINING PAYDO BO'LISH VA RIVOJLANISH TARIXI

Yaxshieva Shahrizoda Anvar qiziJahon tillari universiteti Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalari yo'nalishi 5-kurs, sirtqi ta'lim talabasiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

XXI asr insoniyat taraqqiyotida axborot va kommunikatsiya texnologiyalari keskin rivojlangan davr sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu davr nafaqat “axborot asri”, balki “ma’rifat asri” sifatida ham tavsiflanadi. Chunki zamonaviy jamiyatda bilim, axborot va ma’lumotlar oqimi inson hayotining barcha jabhalariga chuqur kirib bordi. Ayniqsa, ommaviy axborot vositalari (OAV) – matbuot, radio, televideniye va internet tizimi – ijtimoiy hayotning ajralmas qismiga aylandi. Bugungi globallashuv sharoitida dunyoning istalgan nuqtasida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida tezkor, ishonchli va ko‘pincha real vaqt rejimida axborot olish imkoniyati mavjud. Bu esa jamiyatning axborotga bo‘lgan ehtiyojini keskin oshirdi va OAVning ahamiyatini yanada kuchaytirdi. Axborot oqimining haddan tashqari ortib borishi esa jurnalistikaning mas’uliyatini ham oshirmoqda. Telekommunikatsiya va axborot texnologiyalarining rivojlanishi, xususan kompyuter texnikasi, global internet tarmog‘i, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli platformalarning keng tarqalishi natijasida axborotni yaratish, uzatish va qabul qilish jarayonlari tubdan o‘zgardi. Natijada, an’anaviy jurnalistika bilan bir qatorda raqamli jurnalistika, internet jurnalistikasi, multimedia jurnalistikasi kabi yangi yo‘nalishlar shakllandi. Jurnalistika – bu nafaqat axborot tarqatish vositasi, balki jamiyatda fikr shakllantiruvchi, ma’naviy-ma’rifiy ta’sir ko‘rsatuvchi muhim institutdir. Publitsistika esa jurnalistikaning ajralmas qismi bo‘lib, u orqali dolzarb ijtimoiy masalalar keng ommaga yetkaziladi va tahlil qilinadi. Shunday ekan, jurnalistika va publitsistika o‘zaro uzviy bog‘liq holda rivojlanadi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references