Skip to main content
Other

OʻZBEK TILSHUNOSLIGIDA UNDOSH FONEMALARNING O'RGANILISHI

Mirxoliyev Hayotjon Niyatqobul o'g'liKattaqoʻrgʻon davlat pedagogika instituti O'zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Ushbu maqolada oʻzbek tilshunosligida undosh fonemalarning oʻrganilishi masalasi kompleks tarzda tahlil qilinadi. Xususan, oʻzbek tilshunosligida undosh fonemalar artikulyatsion (hosil boʻlish oʻrni,usuli va ovoz va shovqinning ishtiroki) hamda akustik xususiyatlariga koʻra oʻrganiladi. Ular nutq a'zolarining toʻsiqqa uchrashi natijasida hosil boʻlib, unlilardan farqli oʻlaroq, boʻgʻin hosil qilmaydi. Asosiy e‘tibor ularning fonologik tizimdagi oʻrni, juftligi (jarangli/jarangsiz) va artikulyatsion bazasiga qaratiladi. Undosh Fonemalarni oʻrganishning Asosiy Jihatlari:hosil boʻlish oʻrniga koʻra: lab-lab, lab-tish, til oldi, til oʻrta, til orqa va boʻgʻiz undoshlariga boʻlinadi.Hosil boʻlish usuliga koʻra: portlovchi, sirgʻaluvchi, qorishiq (affrikat) va sonor undoshlar turlari oʻrganiladi.Fonologik xususiyatlari:ovoz va shovqinning ishtiroki. Jarangli va jarangsiz undoshlarning qarama-qarshiligi, ularning soʻz ma'nosini farqlashdagi oʻrni.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references