Skip to main content
Other

KOMBINATSIYALANGAN KATALITIK GIDROTERMAL-PIROLITIK KONVERSIYA USULI ORQALI QATTIQ MAISHIY CHIQINDILARDAN GAZ FRAKSIYASINI OLISH

Jovliyev Muhriddin Norboy o'g'liIslom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, magistranti,O'ng'arov Jaloliddin Faxriddin o'g'liIslom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, magistrantiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

So‘nggi yillarda global miqyosda ekologik muammolar, xususan, qattiq maishiy chiqindilar hajmining keskin ortib borishi dolzarb masalalardan biriga aylandi. Aholi sonining o‘sishi, urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi hamda iste’mol darajasining oshishi natijasida chiqindilar miqdori yil sayin ortib bormoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha yiliga milliardlab tonna qattiq chiqindilar hosil bo‘lib, ularning katta qismi qayta ishlanmasdan atrof-muhitga tashlanmoqda. Qattiq maishiy chiqindilar tarkibi murakkab bo‘lib, ular asosan organik komponentlardan — sellyuloza, gemitsellyuloza, lignin, plastik materiallar, oziq-ovqat qoldiqlari va boshqa bioorganik moddalardan tashkil topgan. Ushbu komponentlar o‘z navbatida energetik qiymatga ega bo‘lib, ularni qayta ishlash orqali muqobil yoqilg‘i manbalarini olish imkoniyati mavjud.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references