XALQARO MEHNAT MIGRATSIYASI VA PUL O'TKAZMALARINING IQTISODIYOTGA TA'SIRI
Jaynarov Azimjon Axmadjon oʻgʻliMirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Univerisiteti talabasiJumabayeva Kumush Botir qiziMirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Univerisiteti tayanch doktoranti
ABI
Abstract
Ushbu ishda xalqaro mehnat migratsiyasi va migrantlar tomonidan amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalarining milliy hamda jahon iqtisodiyotiga ta’siri tahlil qilinadi. Mehnat migratsiyasi ishchi kuchi harakatining global miqyosda kuchayishi, bandlik darajasi, demografik jarayonlar va iqtisodiy barqarorlikka qanday ta’sir ko‘rsatishi yoritilgan. Shuningdek, pul o‘tkazmalari rivojlanayotgan mamlakatlar uchun muhim moliyaviy manba sifatida iqtisodiy o‘sish, aholi turmush darajasi va investitsiya muhitiga ta’siri nuqtai nazaridan o‘rganilgan. Tadqiqotda migratsiyaning ijobiy va salbiy oqibatlari hamda ularning iqtisodiy siyosatga ta’siri ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi.
Not yet translated
Identifiers
Citations and references
Cited by 00 references