Skip to main content
Other

BOSHNING TO'MTOQ YOPIQ SHIKASTLANISHIDA QONNING REOLOGIK XUSUSIYATLARINING BUZILISHINING PATOGENETIK JIHATLARI

Z.N. BoboyevaToshkent tibbiyot universitetiMadraximov Jasurbek RashidovichToshkent tibbiyot universiteti 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiyaWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Boshning to‘mtoq yopiq shikastlanishi (BTYSh) markaziy asab tizimida murakkab patofiziologik o‘zgarishlarni keltirib chiqaruvchi og‘ir travmatik holat hisoblanadi. Ushbu holatda ikkilamchi shikastlanish mexanizmlari orasida qonning reologik xususiyatlarining buzilishi muhim patogenetik ahamiyatga ega. Qon viskozitetining oshishi, eritrotsitlarning deformabelligi pasayishi, trombotsitar faollikning kuchayishi va mikrosirkulyatsiyaning izdan chiqishi miya to‘qimasida gipoksiya va ishemiya rivojlanishiga olib keladi. Natijada neyronal hujayralarda metabolik buzilishlar kuchayib, ikkilamchi nekrotik va apoptotik jarayonlar faollashadi. Ushbu maqolada BTYSh fonida yuzaga keladigan gemoreologik o‘zgarishlarning patogenetik mexanizmlari, ularning miya mikrosirkulyatsiyasiga ta’siri hamda klinik ahamiyati tahlil qilingan.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references