"TANOBCHILAR" ASARINING IJTIMOIY-SATIRIK TAHLILI
Erkaboyeva Jasmina Safarali QiziToshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Turizm fakulteti 2-bosqich talabasi
ABI
Abstract
Mazkur maqolada Muhammad Aminxo‘ja Muqimiyning “Tanobchilar” asari ijtimoiy-satirik yo‘nalish nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda asarda aks etgan soliq tizimidagi adolatsizlik, amaldorlar faoliyatidagi korrupsiya hamda xalq hayotidagi iqtisodiy bosim badiiy ifoda va satirik uslub orqali ochib berilgan. Asarning asosiy g‘oyasi mustamlaka davri boshqaruv tizimidagi ijtimoiy nomutanosibliklarni fosh etish ekanligi ilmiy asosda yoritiladi. Tahlil jarayonida matndan olingan aniq misralar asosida obrazlar tizimi va satira mexanizmi ochib berilib, Muqimiy ijodida ijtimoiy tanqidning o‘rni ko‘rsatib o‘tiladi.
Not yet translated
Identifiers
Citations and references
Cited by 00 references