Skip to main content
Other

MOLIYA BOZORIDA SUN`IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Doniyeva NigoraSamarqand iqtisodiyot va servis institutiMuhammedova ZarinaSamarqand iqtisodiyot va servis institutiWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Ushbu maqolada moliya bozorda sun`iy intellekt texnologiyalardan foydalanish masalalari ko`rib chiqilgan. Birjasi faoliyatida taxlillarni samarali tashkil etishda sun`iy intellektni o`rni yoritib berilgan. Moliya bozori keng ma'noda pul bozori, kapital bozori, investitsiya bozori, fond bozori, valyuta bozori, sug'urta bozori, kriptovalyuta bozori va boshqalarni o'z ichiga oladi. Sun'iy intellekt, mashina o'rganish, mobil ilovalar, blokcheyn texnologiyasi katta ma'lumotlarni tahlil qilish va zarur echimlarni berishni taklif qiladi. Mavjud moliya institutlari va bozorga yangi ishtirokchilar uchun yangi xizmatlar va biznes modellarini yaratadi, bu texnologiyalarning barchasi moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini oshirish, ko'proq tanlov taklif qilish va tranzaktsiyalarni samaraliroq qilish orqali iste'molchilarga ham, biznesga ham foyda keltirishi mumkinligini ko`rsatadi va aktivlar savdosidan yanada katta natijalarga erishish mumkinligini anglatadi. Mazkur maqola sun'iy intellekt texnologiyalarining moliya bozorida qo'llanilishining dolzarbligini, ularning afzallik va kamchiliklarini, shuningdek, samaradorligini oshirish uchun qo'llanilishi mumkin bo'lgan strategik yondashuvlarni tahlil qilishga qaratilgan. Moliya bozorini tahlil qilish jarayonida sun'iy intellekt texnologiyalarining qo'llanilishidan kelib chiqadigan natijalar bozor ishtirokchilarining faoliyatini qanday optimallashtirishi va umumiy iqtisodiy rivojlanishni qanday ta'minlashi xususida to'xtalib o'tiladi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references