BOSHNING TO'MTOQ YOPIQ SHIKASTLANISHIDA QONNING REOLOGIK XUSUSIYATLARINING BUZILISHINING PATOGENETIK JIHATLARI
Abstract
Boshning to‘mtoq yopiq shikastlanishi (BTYSh) markaziy asab tizimida murakkab patofiziologik o‘zgarishlarni keltirib chiqaruvchi og‘ir travmatik holat hisoblanadi. Ushbu holatda ikkilamchi shikastlanish mexanizmlari orasida qonning reologik xususiyatlarining buzilishi muhim patogenetik ahamiyatga ega. Qon viskozitetining oshishi, eritrotsitlarning deformabelligi pasayishi, trombotsitar faollikning kuchayishi va mikrosirkulyatsiyaning izdan chiqishi miya to‘qimasida gipoksiya va ishemiya rivojlanishiga olib keladi. Natijada neyronal hujayralarda metabolik buzilishlar kuchayib, ikkilamchi nekrotik va apoptotik jarayonlar faollashadi. Ushbu maqolada BTYSh fonida yuzaga keladigan gemoreologik o‘zgarishlarning patogenetik mexanizmlari, ularning miya mikrosirkulyatsiyasiga ta’siri hamda klinik ahamiyati tahlil qilingan.