Skip to main content
Other

SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI

Raxmonova Dinara Muxtorali qiziToshkent xalqaro universiteti (Tashkent International University) Yurisprudensiya yo'nalishi, 3-bosqich talabasiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Ushbu maqola kiberxavfsizlik huquqi doirasida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini tartibga solishning konseptual asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning dolzarbligi SI tizimlarining kiberfazoda keng ko‘lamli qo‘llanilishi va buning natijasida yuzaga kelayotgan yangi turdagi huquqiy bo‘shliqlar bilan belgilanadi. Maqolaning maqsadi — SI tizimlaridan xavfsiz foydalanishni ta’minlovchi huquqiy mexanizmlarni tahlil qilish va milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdir.Tadqiqot jarayonida qiyosiy-huquqiy, mantiqiy va tizimli tahlil metodlaridan foydalanildi. Xususan, Yevropa Ittifoqining SI to‘g‘risidagi akti (AI Act) va xalqaro kiberxavfsizlik standartlari milliy huquqiy muhit bilan qiyoslandi. Natijada, SI algoritmlarining avtonomligi sababli yuzaga keladigan kiber-zararlar uchun huquqiy javobgarlikni taqsimlashning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlandi. Shuningdek, ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlashda SIning roli va unga nisbatan qo‘yiladigan texnik-huquqiy talablar tasniflandi.Muhokama qismida SIning "qora quti" (black box) muammosi va algoritmlarning shaffofligini ta’minlashning huquqiy kafolatlari ko‘rib chiqiladi. Muallif tomonidan kiberxavfsizlik huquqiga "algoritmik javobgarlik" tushunchasini kiritish va SI tizimlarini kiber-bardoshli (cyber-resilient) holatga keltirish bo‘yicha normativ talablarni qat’iylashtirish zaruriyati asoslangan.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references