RAHBAR XODIMLARDA STRESS
Abstract
Ushbu maqolada rahbar xodimlar faoliyatida uchraydigan stress holatlari, ularning kelib chiqish sabablari hamda jamoa va ish samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Zamonaviy boshqaruv tizimida rahbar zimmasiga katta mas’uliyat yuklanishi, tezkor qaror qabul qilish zarurati, ish hajmining ortishi va insonlar bilan doimiy muloqotda bo‘lish kabi omillar stressning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Maqolada rahbarlarda stressning psixologik va fiziologik belgilari yoritilib, uning salbiy oqibatlarini kamaytirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, stressni boshqarish usullari, sog‘lom ish muhiti yaratish va rahbarning emotsional barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Ushbu tadqiqot natijalari rahbar xodimlarning kasbiy faoliyat samaradorligini oshirish hamda jamoada sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Not yet translated