Skip to main content
Other

ISLOMIY MOLIYA VA FINTECH INTEGRATSIYASI: KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNI QO'LLAB-QUVVATLASHDA SUN'IY INTELLEKT YECHIMLARI

Ulug'xоjayev Xamidullо Fayzullоxоn о'g'liNamangan davlat texnika universiteti magistrantiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Mazkur maqolada islomiy moliya va FinTech texnologiyalarining integratsiyasi hamda ularning kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni IMRAD modeli asosida tahlil qilindi. Tadqiqot davomida raqamli iqtisodiyot sharoitida sun’iy intellekt, blokcheyn va raqamli moliyaviy platformalarning kichik biznes subyektlari uchun moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirishdagi ahamiyati o‘rganildi. Shuningdek, islomiy moliyaning adolat, shaffoflik va risklarni taqsimlash tamoyillari FinTech texnologiyalari bilan uyg‘unlashganda iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qilishi asoslab berildi. Tadqiqot natijalari kichik biznesni moliyalashtirishda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt asosidagi yechimlar moliyaviy inkluzivlikni oshirishini, tranzaksiya xarajatlarini kamaytirishini hamda moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, maqolada mavjud muammolar, jumladan raqamli savodxonlik va kiberxavfsizlik masalalari ham yoritildi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references