Skip to main content
Other

MUQIMIY — O'Z DAVRINING BLOGERI: XALQ MUAMMOLARINI SHE'R ORQALI JAMIYATGA OLIB CHIQQAN IJODKOR

Sohibov Azizbek Dilshod o'g'liToshkent davlat iqtisodiyot universiteti Buxgalteriya hisobi fakulteti 2-kurs talabasiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Zamonaviy raqamli media davrida blog — muallif o'z fikrlarini, kuzatuvlarini va tanqidiy qarashlarini keng jamoatchilikka etkazuvchi muhim vosita hisoblanadi. Ushbu maqolada Muqimiy she'riyatining zamonaviy blog-jurnalistika bilan qiyosiy tahlili amalga oshirildi. Tarixiy-qiyosiy va kommunikatsion tahlil metodlari qo'llangan holda shoir ijodidagi «bloglashga xos» xususiyatlar — ochiqlik, dolzarblik, jamoatchilik muammolarini ko'tarish funksiyasi — o'rganildi. Tadqiqot natijalari Muqimiy she'riyatining kommunikatsion xarakteri uni «ijtimoiy media» funksiyasini bajaruvchi vosita sifatida ko'rsatadi. Maqola adabiyot va zamonaviy media o'zaro munosabatini yangi nuqtai nazardan ko'rish imkonini beradi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references