ROBOTOTEXNIKANI MASOFAVIY O'QITISHDA ROBO.MYROBO.UZ SIMULATORINING O'RNI VA AHAMIYATI
Abstract
Ushbu maqolada robototexnika fanini masofaviy o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari va virtual simulatorlarning ta’lim jarayonidagi roli ko‘rib chiqilgan. Maqolaning asosiy diqqat markazida — robo.myrobo.uz onlayn simulatori turibdi. Ushbu simulator yordamida Arduino mikrokontrolleri va unga ulanadigan turli xil sensorlarni, xuddi xalqaro Wokwi platformasidagi kabi, jismoniy uskunalarga ehtiyoj sezmasdan virtual muhitda sinash imkoniyati batafsil yoritilgan. Tadqiqotda simulatorning pedagogik afzalliklari, mahalliy o‘quv dasturlariga moslashtirilganligi va MyRobo ekotizimi bilan integratsiyalashuvi tahlil qilingan. Maqola natijasida masofaviy ta’lim sharoitida amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.