O'ZBEK VA YAPON TILLARI GRAMMATIKASINING QIYOSIY TAHLILI
Abstract
Til inson tafakkurining mahsuli bo‘lib, har bir xalqning tarixi, madaniyati, mentaliteti va dunyoqarashini aks ettiradi. Dunyo tillari grammatik tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi, biroq ayrim tillar o‘rtasida qiziqarli o‘xshashliklar ham mavjud. O‘zbek va yapon tillari ana shunday tillardan biridir. Garchi bu ikki til turli til oilalariga mansub bo‘lsa-da, ularning grammatik tizimida bir qator umumiy jihatlar mavjud. Shu bilan birga, ularning farqli tomonlari ham til va madaniyat o‘rtasidagi bog‘liqlikni yaqqol namoyon qiladi. O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga kiradi va Markaziy Osiyoda keng tarqalgan. Yapon tili esa Sharqiy Osiyo tillari tarkibiga kiradi va asosan Yaponiyada qo‘llaniladi. Tarixiy kelib chiqishi jihatidan bu tillar o‘zaro qarindosh bo‘lmasa-da, grammatik qurilishi nuqtai nazaridan o‘xshashliklarga ega. Masalan, har ikkala til agglutinativ til hisoblanadi. Agglutinativ tillarda grammatik ma’nolar so‘z o‘zagiga qo‘shimchalar qo‘shish orqali ifodalanadi. Bu jihat ingliz yoki rus tilidan keskin farq qiladi. O‘zbek va yapon tillarida gap tuzilishi ham bir-biriga yaqin. Har ikkala tilda fe’l gap oxirida keladi. Shuningdek, egalik, zamon, inkor va boshqa grammatik ma’nolar qo‘shimchalar yoki yordamchi birliklar orqali ifodalanadi. Biroq yapon tilida hurmat kategoriyasi va nutq uslublari grammatik tizimning juda muhim qismi hisoblanadi. O‘zbek tilida esa bunday murakkab tizim mavjud emas.