SUV TA'MINOTI TIZIMIDA SUV ISROFINI KAMAYTIRISH BO'YICHA MUHANDISLIK YECHIMLARINI ISHLAB CHIQISH
Abstract
Mazkur maqolada suv ta’minoti tizimlarida yuzaga kelayotgan suv isrofini kamaytirish muammolari va ularni bartaraf etishda muhandislik avtomatlashtirilgan tizimlarining ahamiyati tahlil qilingan. Suv tarmoqlaridagi yo‘qotishlar, avariyaviy holatlar, bosimning noto‘g‘ri taqsimlanishi va inson omili ta’sirida yuzaga keladigan muammolar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, intellektual datchiklar, SCADA tizimlari, IoT texnologiyalari va avtomatlashtirilgan nazorat-o‘lchov qurilmalari yordamida suv sarfini monitoring qilish va optimal boshqarish usullari yoritilgan. Taklif etilayotgan muhandislik yechimlari orqali suv resurslaridan samarali foydalanish, tarmoqlardagi yo‘qotishlarni kamaytirish hamda tizim ishonchliligini oshirish imkoniyatlari asoslab berilgan.