AYBSIZLIK PREZUMSIYASI - ADOLATLI SUDLOV KAFOLATI
Abstract
Mazkur maqolada aybsizlik prezumpsiyasi prinsipining mazmun-mohiyati, uning xalqaro va milliy huquq tizimidagi o‘rni hamda odil sudlovni ta’minlashdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Aybsizlik prezumpsiyasi inson huquqlarini himoya qiluvchi asosiy konstitutsiyaviy prinsip sifatida e’tirof etilib, u shaxsning aybi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan isbotlanmaguncha aybsiz hisoblanishini anglatadi. Tadqiqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Jinoyat-protsessual kodeksi, xalqaro huquqiy hujjatlar hamda sud amaliyoti asosida ushbu prinsipning huquqiy tabiati va amaliy qo‘llanilishi o‘rganildi. Shuningdek, aybsizlik prezumpsiyasining sud mustaqilligi, himoya huquqi va inson qadr-qimmatini ta’minlashdagi roli yoritildi. Maqolada so‘nggi yillarda O‘zbekistonda sud-huquq tizimida amalga oshirilgan islohotlar natijasida mazkur prinsipning mustahkamlanishi ham tahlil etilgan.