METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH FANINI OQITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR
Abstract
Mazkur maqolada metrologiya va standartlashtirish fanini o‘qitishda qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda raqamli ta’lim vositalarining ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, interaktiv ta’lim metodlari, virtual laboratoriyalar, masofaviy ta’lim platformalari, STEAM texnologiyalari va kompetensiyaga asoslangan yondashuvlarning metrologiya ta’limi sifatiga ta’siri ilmiy manbalar asosida o‘rganildi. Tadqiqot davomida xalqaro standartlashtirish tashkilotlari tomonidan tavsiya etilgan ta’lim tamoyillari hamda texnik oliy ta’lim muassasalaridagi amaliy tajribalar tahlil qilindi. Shuningdek, metrologiya va standartlashtirish fanini o‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanish talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarini ham rivojlantirishi asoslab berildi.