BOLALARDA BAKTERIAL MENINGIT: ETIOLOGIYA VA DAVOLASH
Abstract
Ushbu maqolada bolalarda bakterial meningitning etiologik tuzilmasi va davolash yondashuvlaridagi zamonaviy o‘zgarishlar tizimli tahlil qilingan. Tadqiqotda so‘nggi o‘n yillikdagi oltmish to‘rtta xalqaro ilmiy manbalar o‘rganildi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, konyugatsiyalangan vaksinalar joriy etilishi natijasida Haemophilus influenzae kamayib, Streptococcus pneumoniae hamda Neisseria meningitidis asosiy dominant patogenlarga aylangan. Bakteriyalarning penitsillin va sefalosporinlarga rezistentligining keskin ortishi empirik terapiyada seftriakson va vankomitsin kombinatsiyasini shoshilinch qo‘llashni taqozo etmoqda. Shuningdek, tezkor molekulyar diagnostikani kengaytirish va kortikosteroidlarni yoshga qarab tabaqalashtirib yuborish tavsiya etiladi. Ushbu adabiyotlar sharhi bolalar infeksionologiyasida zamonaviy davolash standartlarini optimallashtirish va profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.