Skip to main content
Other

GLOBAL AXBOROT PLATFORMALARIDAGI MAFKURAVIY TA'SIR STRATEGIYALARI: KONTENT, FORMAT VA MAQSADLI AUDITORIYA TAHLILI

Jumanazarov Nodirbek Bekzod o'g'liJDPU magistranti Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi "Ma'naviyat asoslari" yo'nalishiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Ushbu maqolada global axborot platformalaridagi mafkuraviy ta’sir strategiyalari kontent, format va maqsadli auditoriya nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Maqolada ijtimoiy tarmoqlar, videoplatformalar, bloglar, messenjerlar va boshqa raqamli kommunikatsiya vositalari orqali tarqatilayotgan axborotlarning inson ongi, yoshlar dunyoqarashi, qadriyatlar tizimi va jamiyat ma’naviy muhitiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, kontent mazmuni, vizual shakllar, qisqa videolar, memlar, algoritmik tavsiyalar va emotsional ta’sir vositalarining mafkuraviy yo‘naltirishdagi o‘rni ochib beriladi. Tadqiqotda global axborot platformalari bir tomondan zararli g‘oyalar, soxta xabarlar va manipulyativ kontentni tarqatish vositasi bo‘lishi, ikkinchi tomondan esa media savodxonlikni oshirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish va sog‘lom axborot muhitini shakllantirish imkoniyatiga ega ekani asoslanadi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references