MAKTAB O'QUVCHILARIDA KOGNITIV JARAYONLARGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR
Abstract
Ushbu maqolada maktab o‘quvchilarida kognitiv jarayonlarga ta’sir etuvchi asosiy omillar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Jumladan, diqqat, xotira, tafakkur va idrok kabi kognitiv jarayonlarning shakllanishi hamda rivojlanishiga ta’sir etuvchi biologik, psixologik, ijtimoiy va pedagogik omillar keng yoritiladi. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning kognitiv faoliyatini oshirishda ta’lim muhiti, o‘qitish metodlari, motivatsiya va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati asoslab beriladi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va interfaol metodlar orqali o‘quvchilarning aqliy rivojlanishini samarali tashkil etish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tiladi. Mazkur tadqiqot natijalari ta’lim sifatini oshirish hamda o‘quvchilarning intellektual salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.