GLOBAL AXBOROT PLATFORMALARIDAGI MAFKURAVIY TA'SIR STRATEGIYALARI: KONTENT, FORMAT VA MAQSADLI AUDITORIYA TAHLILI
Abstract
Ushbu maqolada global axborot platformalaridagi mafkuraviy ta’sir strategiyalari kontent, format va maqsadli auditoriya nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Maqolada ijtimoiy tarmoqlar, videoplatformalar, bloglar, messenjerlar va boshqa raqamli kommunikatsiya vositalari orqali tarqatilayotgan axborotlarning inson ongi, yoshlar dunyoqarashi, qadriyatlar tizimi va jamiyat ma’naviy muhitiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, kontent mazmuni, vizual shakllar, qisqa videolar, memlar, algoritmik tavsiyalar va emotsional ta’sir vositalarining mafkuraviy yo‘naltirishdagi o‘rni ochib beriladi. Tadqiqotda global axborot platformalari bir tomondan zararli g‘oyalar, soxta xabarlar va manipulyativ kontentni tarqatish vositasi bo‘lishi, ikkinchi tomondan esa media savodxonlikni oshirish, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish va sog‘lom axborot muhitini shakllantirish imkoniyatiga ega ekani asoslanadi.