Skip to main content
Other

INDOLIL-3-BUTAN KISLOTASINING BROMLI HOSILASI SINTEZI

F.D.UsmonovGuliston davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va biokimyo ilmiy tadqiqot institutiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Ushbu ilmiy ishda Indol-3-butan kislotasi (IMK) va brom o‘rtasida elektrofil aromatik almashinish orqali bromlanish reaksiyasi amalga oshirilib, 5-brom-IMK sintez qilindi. Reaksiya etil spirt erituvchisida eritilib brom qo‘shildi va 1 soat davomida olib borilgan. Hosila spirtdan vakuumli nasos bilan ajratilib, sovutildi. Mahsulotni tavsiflashda IQ (IR) spektroskopiyasi qo‘llanildi. 3380 sm⁻¹ sohasida -OH guruhining valent tebranishlariga, 1698-1697 sm⁻¹ da C=O karbonil guruhining valent tebranishiga, 1202-1151 sm⁻¹ da C-O bog‘larining valent tebranishi, 1028 sm⁻¹ atrofidagi yutilish C-O yoki C-C bog‘larining deformatsion tebranishlari, 743-730 sm⁻¹ C-H bog‘larining tekislikdan tashqari deformatsion tebranishlari, 500-400 sm⁻¹ oralig‘ida C-Br bog‘ining valent tebranishlariga xos hosil bo‘lganini isbotladi.Mazkur natijalar sintez jarayonining muvaffaqiyatli o‘tganini ko‘rsatib, keyingi bosqichda ushbu birikmaning biologik faolligini o‘rganishga asos yaratadi.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references