O'ZBEKISTONDA KICHIK VA YIRIK KORXONALARNI MOLIYALASHTIRISH MANBALARINING SAMARADORLIGI: BANK KREDITLARI VA OBLIGATSIYALAR BOZORI TAHLILI
Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekistonda kichik va yirik korxonalarni moliyalashtirish manbalarining samaradorligi tahlil qilinadi. Xususan, bank kreditlari va obligatsiyalar bozori orqali moliyalashtirishning afzalliklari va kamchiliklari solishtirma tarzda o‘rganilgan. Tadqiqot davomida moliyalashtirish manbalarining korxonalar faoliyati, investitsion faolligi hamda iqtisodiy o‘sishga ta’siri yoritib berilgan. Shuningdek, bank kreditlarining an’anaviy moliyalashtirish vositasi sifatidagi ustunligi va obligatsiyalar bozorining alternativ manba sifatidagi rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan. Natijada, O‘zbekiston sharoitida moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish zarurligi asoslab berilgan hamda tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.