DAVLAT KORXONALARINI IPO ORQALI XUSUSIYLASHTIRISHNING O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI FOND BOZORI RIVOJLANISHIGA TA'SIRI
Abstract
Ushbu maqolada davlat korxonalarini IPO (Initial Public Offering) orqali xususiylashtirish jarayonining O‘zbekiston Respublikasi fond bozori rivojlanishiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda IPO mexanizmining mohiyati, uning iqtisodiy samaradorligi hamda fond bozori likvidligi va investorlar faolligiga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan xususiylashtirish islohotlari va IPO amaliyoti asosida fond bozorini rivojlantirish istiqbollari baholanadi. Xorijiy tajriba asosida davlat korxonalarini ommaviy taklif orqali xususiylashtirishning ijobiy natijalari va ularni milliy sharoitga moslashtirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari fond bozorini chuqurlashtirish, investitsiya muhitini yaxshilash va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.