YASHIL MOLIYALASHTIRISHNING BANK SEKTORIDA JORIY ETILISHI IMKONIYATLARI VA XAVFLARI ("ASAKABANK" AJ MISOLIDA)
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada yashil moliyalashtirishning O‘zbekiston bank sektorida joriy etilishi imkoniyatlari va xavflari “Asakabank” AJ misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda bank tizimining so‘nggi statistik ko‘rsatkichlari, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik, ESG tamoyillari, qayta tiklanuvchi energiya va energiya samaradorligi loyihalarini moliyalashtirish yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi. 2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra O‘zbekiston bank tizimi aktivlari 959,4 trln so‘mga, kredit qo‘yilmalari 623,3 trln so‘mga, jami depozitlar 433,9 trln so‘mga yetgani bank sektorida yashil loyihalarni moliyalashtirish uchun moliyaviy baza kengayib borayotganini ko‘rsatadi. 2026-yil 1-yanvar holatiga “Asakabank” AJ kredit portfeli 41,5 trln so‘mni, depozitlari 21,8 trln so‘mni tashkil etgani bankning yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatini oshiradi.