SHARQ VA G'ARB MA'NAVIYATI INTEGRATSIYASI
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada Sharq va G’arb ma’naviyati integratsiyasi masalasi Sharq va G’arb renessanslari doirasida ijtimoiy-falsafiy jihatdan har Btomonlama tahlil qilinadi. Tadqiqotda insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotida muhim o’rin tutgan Sharq va G’arbning ma’naviy-falsafiy qarashlari, ularning tarixiy shakllanishi va o’ziga xos xususiyatlari yoritiladi. Xususan, Sharq Renessansiga xos bo’lgan ilm va axloq birligi, komil inson g’oyasi, ma’naviy barkamollik va jamoaviy mas’uliyat tamoyillari hamda G’arb Renessansida shakllangan gumanizm, individualizm, antropotsentrizm va ratsional tafakkur qarashlari qiyosiy-tahliliy yondashuv asosida ochib beriladi. Shuningdek, maqolada Sharq va G’arb ma’naviy merosi o’rtasidagi tarixiy aloqadorlik, intellektual almashinuv jarayonlari hamda ushbu integratsiyaning zamonaviy globallashuv sharoitidagi ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari Sharq va G’arb ma’naviy qadriyatlarining uyg’unlashuvi jamiyatning barqaror rivojlanishi, ma’naviy muvozanati va umuminsoniy qadriyatlar tizimining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishini ko’rsatadi.