Skip to main content
Other

MEXATRONIK MODULLAR ASOSIDA ISITISH QOZONLARINI AVTOMATIK BOSHQARISH TIZIMINI LOYIHALASH VA OPTIMALLASHTIRISH

Orifjonov Serobiddin Ulug‘bek O‘g‘liAndijon davlat texnika instituti Intellektual Boshqaruv va Robototexnika kafedrasi assistentiMaxmudov Abdullajon Abdukarimjon o'g'liAndijon davlat texnika instituti Mexatronika va robototexnika yo'nalishi 4-bosqich talabasiWorldly Knowledge Publishing CentreWorldly Knowledge Publishing Centre
ABI

Abstract

Mazkur maqolada mexatronik modullar asosida isitish qozonlarini avtomatik boshqarish tizimini loyihalash va optimallashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda zamonaviy sensorlar, mikroprotsessorli boshqaruv qurilmalari, aktuatorlar hamda aqlli nazorat algoritmlaridan foydalanish orqali isitish tizimining energiya samaradorligini oshirish, yoqilg‘i sarfini kamaytirish va xavfsizlik darajasini kuchaytirish imkoniyatlari tahlil qilindi. Loyihalashtirilgan tizim harorat, bosim va issiqlik almashinuvi parametrlarini real vaqt rejimida monitoring qilish hamda avtomatik boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lib, foydalanuvchi aralashuvini minimal darajaga tushiradi. Tadqiqot natijalari mexatronik boshqaruv tizimlarini joriy etish orqali isitish qozonlarining ishlash barqarorligi oshishi, avariya holatlari kamayishi va umumiy ekspluatatsion xarajatlar sezilarli darajada qisqarishini ko‘rsatdi. Shuningdek, tizimni optimallashtirishda PID-regulyatorlar, raqamli boshqaruv modullari va IoT texnologiyalaridan foydalanishning texnik hamda iqtisodiy afzalliklari asoslab berilgan.

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references