O'ZLASHTIRISH YOKI RASTRATA YO'LI BILAN TALON-TAROJ QILISHNING KVALIFIKASIYA QILISH VA JAZO TAYINLASH MUAMMOLARI
Abstract
Mazkur maqolada o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish jinoyatlarining huquqiy tabiati, ularni kvalifikatsiya qilishdagi dolzarb muammolar hamda jazo tayinlash amaliyotidagi o‘ziga xos jihatlar tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli normalari, sud-tergov amaliyoti, oliy sud plenum qarorlari va jinoyat huquqi nazariyasidagi qarashlar o‘rganildi. O‘zlashtirish va rastrata jinoyatlarining boshqa mulkiy jinoyatlardan farqli jihatlari, mansab vakolatlari bilan bog‘liqligi, ishonib topshirilgan mulkning huquqiy maqomi hamda jinoyat subyektining xususiyatlari asosida kvalifikatsiya qilish masalalari yoritildi. Shuningdek, jazo tayinlashda yetkazilgan zarar miqdori, aybning shakli, jinoyatning takroran sodir etilishi va qoplangan zarar kabi holatlarning ahamiyati ochib berildi. Maqolada amaliyotda uchrayotgan ayrim qarama-qarshi yondashuvlar tahlil qilinib, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar ilgari surildi.