O'ZBEKISTON ZAMONAVIY JAMOAT BINOLARI FASADLARINING TAHLILI VA MILLIY MEROSNI PARAMETRIK MODELLASHTIRISH USULLARI
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston shaharlarida so‘nggi yillarda qurilgan zamonaviy jamoat binolarining fasad tizimlari tahlil qilindi. Tadqiqotning asosiy maqsadi – mavjud binolar fasadlarining arxitektura-kompozitsion holatini baholash va milliy geometrik naqshlarni parametrik modellashtirish usullarini ishlab chiqishdan iborat. Tahlillar natijasida zamonaviy fasad tizimlari uchta asosiy tipologik guruhga ajratildi. Shuningdek, an’anaviy girih naqshlarining geometrik tuzilishi o‘rganilib, ularni parametrik modelga aylantirishning bosqichma-bosqich metodikasi taklif qilindi. Taklif etilayotgan yondashuv milliy ornamentikani dekorativ element sifatida emas, balki fasad kompozitsiyasining tarkibiy qismi sifatida qarash imkonini beradi.