MODULLI KAM QAVATLI TURAR-JOY UYLARINI LOYIHALASHDA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR VA METODOLOGIYA
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston iqlim sharoitida modulli kam qavatli turar-joy uylarini loyihalashga ta’sir etuvchi asosiy omillar – iqlimiy (harorat, quyosh radiatsiyasi, shamol, namlik), ijtimoiy-iqtisodiy (demografiya, daromadlar, milliy an’analar), energiya samaradorlik va konstruktiv-texnologik yechimlar tahlil qilinadi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida tizimli tahlil va kompleks yondashuv qo‘llanilgan bo‘lib, loyihalash jarayonida BIM texnologiyalarining o‘rni alohida yoritilgan. Maqolada O‘zbekistonning uchta iqlimiy zonasi (cho‘l, vodiy, tog‘) uchun differensial arxitekturaviy yechimlar, energiya samaradorlikning passiv va aktiv usullari, hamda modulli tizimlarning konstruktiv turlari (LGSF, yog‘och karkas, temir-beton, gibrid) qiyosiy tahlil qilingan.