Skip to main content
Other

ATEROSKLEROZDA SELENNING AHAMIYATI

Valiyev Y.Y.Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Toshkent, O'zbekiston, Tibbiy radiologiya kafedrasi assistentiObidova Farangiz.Djamshed qiziToshkent davlat tibbiyot universiteti talabasiObidova E'zozaxon XabibulloyevnaToshkent davlat tibbiyot universiteti talabasiSaidjonova Dildora Shuhrat qiziToshkent davlat tibbiyot universiteti talabasiYo'ldosheva Nasiba Umidjon qiziToshkent davlat tibbiyot universiteti talabasi
ABI

Abstract

Ateroskleroz zamonaviy tibbiyotning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, yurak-qon tomir kasalliklari ichida yetakchi o‘rin egallaydi. An’anaviy qarashlarda ushbu kasallik lipid almashinuvi buzilishi bilan bog‘liq deb hisoblangan bo‘lsa, so‘nggi ilmiy tadqiqotlar uning murakkab yallig‘lanish va immunologik jarayonlar bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. So‘nggi yillarda mikroelementlarning yurak-qon tomir kasalliklaridagi o‘rni tobora ko‘proq o‘rganilmoqda. Xususan, selen elementi ateroskleroz rivojlanishiga ta’sir etuvchi muhim biologik omillardan biri sifatida e’tiborni tortmoqda. Tadqiqotchilar tomonidan o‘tkazilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, selen va unga bog‘liq selenoproteinlar ateroskleroz jarayoniga qarshi himoya mexanizmlarini faollashtirishi mumkin.Ilmiy tahlillarga ko‘ra, selenning asosiy ta’siri uning tarkibiga kiruvchi selenoproteinlar orqali amalga oshadi. Jumladan, glutation-peroksidaza, tioredoksinreduktaza, selenoprotein P va selenoprotein S kabi fermentlar antioksidant himoyada muhim rol o‘ynaydi. Ushbu moddalar hujayralarda oksidlovchi stressni kamaytiradi, bu esa tomir devorining zararlanishini oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Not yet translated

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references