Skip to main content
Other

BIOGRAFIK METOD VA UNING ADABIYOTDAGI AHAMIYATI

Kuliyeva Dilshoda Alijon qiziNamDU, Amaliy xorijiy tillar kafedrasi mudiri, PhDSayfiddinova Zebona Xayrulla qiziNamangan Davlat Universiteti Magistranti
ABI

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada biografik metodning adabiyotshunoslikdagi nazariy asoslari, shakllanish bosqichlari hamda badiiy asarlarni tahlil qilishdagi ilmiy-amaliy аҳамияти keng yoritilgan. Tadqiqot davomida biografik metodning yozuvchi shaxsiyati, uning hayoti, ruhiy kechinmalari va yashagan ijtimoiy muhitini badiiy ijod bilan bog‘liq holda o‘rganishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu metodning psixologik, tarixiy-qiyosiy va sotsiologik yondashuvlar bilan aloqador jihatlari ochib berilgan. Maqolada o‘zbek va jahon adabiyoti namunalari asosida biografik metodning ilmiy imkoniyatlari, afzalliklari hamda ayrim cheklangan tomonlari haqida fikr yuritilgan. Tadqiqot natijasida biografik metod badiiy asarning mazmun-mohiyatini chuqur anglash, ijodkorning estetik qarashlarini aniqlash va adabiy merosni tarixiy kontekstda baholashda muhim ilmiy vosita ekanligi asoslab berilgan.

Not yet translated

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references